Rukav vysokogo davleniya (RVD) tanlash sirlari

Og'ir texnikalar, ekskavatorlar va sanoat uskunalarining ishonchli ishlashi bevosita gidravlik shlanglar (RVD - Рукав высокого давления) ning sifatiga bog'liq. Noto'g'ri tanlangan shlang nafaqat ishni to'xtatib qo'yishi, balki qimmatbaho texnikaning buzilishiga ham olib kelishi mumkin.
1. Ishchi bosimni (Рабочее давление) to'g'ri hisoblash
Shlangni tanlashda eng muhim ko'rsatkich bu bosimdir. Har doim tizimdagi maksimal ishchi bosimdan kamida 10-15% yuqori bosimga bardosh beradigan RVD tanlash kerak. Yevropa (DIN EN) standartlari (masalan, EN853 1SN, EN856 4SH) sizga aniq bosim ko'rsatkichlarini kafolatlaydi.
2. Harorat va ish muhiti
Shlang ichidan oqib o'tadigan suyuqlik (mineral moy, glikol, suv) va tashqi muhit harorati juda muhim. Standart shlanglar odatda -40°C dan +100°C gacha ishlaydi. Agar sizga juda sovuq yoki o'ta issiq sharoit kerak bo'lsa, maxsus termochidamli yoki PTFE (teflon) shlanglarni tanlashingiz kerak.
3. Diametr (DN) va Fitinglar o'lchami
Shlangning ichki diametri suyuqlikning optimal tezlikda oqishini ta'minlaydi. Diametr kichkina bo'lsa, tizim qizib ketadi. Shuningdek, shlangning uchlaridagi fitinglar (BSP, JIC, DK, ORFS) uskunangizdagi rezbalar bilan 100% mos kelishi shart. O'zbekistonda eng ko'p ishlatiladigan fitinglar metrik va dyuymli (BSP) hisoblanadi.
4. Sifat va Ishlab chiqaruvchi zavod
Bozordagi arzon "no-name" shlanglardan ko'ra, ISO va DIN EN sertifikatiga ega ishonchli zavod mahsulotlarini xarid qiling. Bizning Hydrocomponent zavodimizda har bir shlang maxsus bosim stendida sinovdan o'tadi va rasmiy kafolat beriladi.

