Gidravlik Fitinglar: Turlari va To'g'ri Tanlash

Fiting - bu gidravlik tizimdagi eng muhim bog'lovchi qism. Agar fiting noto'g'ri tanlansa, u qanchalik kuchli tortilmasin, tizimdan yog' sizib chiqaveradi.
Asosiy Fiting Turlari:
1. BSP (British Standard Pipe): O'zbekistonda va Evropada eng ko'p tarqalgan dyuymli (trubnaya) rezba. Konusi 60 daraja bo'ladi.
2. JIC (Joint Industry Council): Amerika standarti. Konusi 37 daraja va UNF dyuymli rezba ishlatiladi. Ko'pincha CAT, John Deere texnikalarida uchraydi.
3. DK, DKO (Metrik): Rossiya va Evropa texnikalarida ko'p ishlatiladigan metrik rezbali fitinglar.
4. ORFS: Tekis yuzali, O-ring rezinkali fiting. Juda yuqori bosimlar va tebranishlarga chidamli (asosan yangi Amerika texnikalarida).
Maslahat: Rezba qadamini o'lchash uchun har doim shtangensirkul va rezbomer (rezba o'lchagich) ishlating.

